Angliyaning «Liverpul» klubining 35 yoshli markaziy himoyachisi Virjil van Deyk Millatlar Ligasi o‘yinlari arafasida Niderlandiya milliy jamoasi tarkibiga chaqiruv oldi.
Jurnalist Jek Lasbining xabariga ko‘ra, jahon chempionati-2026dan keyin van Deyk Niderlandiya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlash borasida jiddiy tarzda o‘ylab qolgan. Biroq jamoaning yangi bosh murabbiyi Xavi Ernandes bilan suhbatlashgach, «Liverpul» yetakchisi xalqaro faoliyatini davom ettirishga qaror qilgan.
Ma’lumot uchun, van Deyk 2015-yildan buyon milliy jamoa sharafini himoya qilib keladi. O‘tgan davr mobaynida himoyachi 96 o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma yetkazib berdi.
Eslatib o‘tamiz, Niderlandiya milliy jamoasi 24-sentyabr kuni UYEFA Millatlar Ligasi 1-turi doirasida Germaniya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi