Opta superkompyuteri A Seriya chempionligi uchun favoritlarning yangilangan reytingini taqdim etdi.
4 turdan keyin turnir jadvalida «Inter» va «Roma» 12 tadan ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Keyingi o‘rinlarda 10 ochkodan jamg‘argan «Komo» va «Latsio» bormoqda. Superkompyuterning xabar berishicha, chempionlik uchun asosiy da’vogar — «Inter». Milan klubining A Seriyani yutish ehtimoli 40,7 foiz deb baholangan.
Kuchli uchlikdan «Roma» — 23,9 foiz va «Komo» — 18,1 foizlik ko‘rsatkich bilan joy olgan. Kuchli beshlikdan «Yuventus» va «Milan» joy olgan.
A Seriya-2026/27 mavsumi chempioni bo‘lish ehtimoli, Opta talqiniga ko‘ra:
1. «Inter» — 40,7%
2. «Roma» — 23,9%
3. «Komo» — 18,1%
4. «Yuventus» — 6%
5. «Milan» — 3,7%
6. «Napoli» — 3,1%
7. «Latsio» — 2,4%
8. «Atalanta» — 1,2%
Qolgan jamoalarning chempionlik ehtimoli 1 foizdan kam.