Live
1
O'zbek

Kerrik «Manchester Yunayted»da qoladi

Futbol
17 sentabr, 09:30
«MYU»dagi omadsiz startga qaramay, bosh murabbiyning iste’fosi kun tartibida emas.
Kerrik «Manchester Yunayted»da qoladi
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» Angliya Liga kubogining 1/16 finalida «Brayton»ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi.

Bundan tashqari, jamoa APLning dastlabki 4 turidan so‘ng 13-o‘rinda bormoqda. Shunga qaramay, bosh murabbiy Maykl Kerrikning iste’foga chiqarilishi hozircha kutilmayapti.

BBC xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» rahbariyati Kerrikka bo‘lgan ishonchini yo‘qotgani haqida hozircha hech qanday asos yo‘q.

Klubda vaziyatni yaxshilash uchun futbolchilarning ham individual, ham jamoaviy darajada o‘sishi kerak, deb hisoblanmoqda.

Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» navbatdagi bahsini 20 sentyabr kuni APL 5-turida safarda «Fulhem»ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar