Opta superkompyuteri APLda mavsum yakuni bo‘yicha prognozini yangiladi.
Hamon «Arsenal» chempionlik uchun asosiy da’vogar maqomida bo‘lib turibdi. Mavsum boshidan buyon «to‘pchilar»ning chempion bo‘lish ehtimoli 38 foizdan 43,52 foizga oshdi.
«Manchester Siti»ning chempionlik imkoniyati ham oshdi — 20,5 foizdan 40,96 foizga.
Keyingi o‘rinlarda «Liverpul» (4,44%), «Brayton» (3,9%), «Brentford» (1,28%), «Chelsi» (1,03%) va «Manchester Yunayted» (0,92%) bormoqda.
«Tottenhem» Opta reytingida 7-o‘rindan 17-pog‘onaga tushib ketdi — londonliklarning chempion bo‘lish ehtimoli 2,9 foizdan 0,04 foizga pasaydi.
Opta APL chempionligiga da’vogarlarning imkoniyatlari foizini yangiladi
Futbol
20 sentabr, 17:55
6
«Arsenal» hamon asosiy favorit, «Siti»da katta o‘sish.
Foto: Manchester City
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi