“Fulhem” bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa APL 5-turidan oʻrin olgan “Manchester Yunayted” (1:1) bilan oʻyindan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.
«G‘alabaga juda yaqin edik. Yana bir bor omadimiz kelmadi, ammo katta jamoaga qarshi o‘ynash oson bo‘lmasligini bilardik. Shuningdek, hakam butun o‘yin davomida nima qilayotganini ham ko‘rdik. Ko‘p narsa ularning foydasiga hal bo‘ldi. Buni Harri Maguayr bilan bog‘liq fol epizodida ham ko‘rish mumkin (birinchi bo‘lim oxirida simulyatsiya uchun Joshua King sariq kartochka oldi).
Barcha qarorlar ularning foydasiga chiqarildi. Manchester derbisidan keyin men hakamlar «Manchester Yunayted»ning mag‘lub bo‘lishini istamayotganini tushundim. Birinchi g‘alabamizni qo‘lga kiritishga juda yaqin edik, shuning uchun hozir biroz xafamiz.
Menimcha, biz yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Albatta, bahs oson kechmadi — oxirgi o‘rinda edik. Ammo to‘p bilan muomalada o‘z xarakterimizni ko‘rsata oldik, jasorat bilan harakat qildik. Ayrim vaziyatlarda himoyalanishimizga to‘g‘ri keldi, lekin umuman olganda yaxshi o‘ynadik.
O‘tish fazalarini va qarshi hujumlarni nazorat qilishni xohladik. Ba’zida ular bo‘sh hududlarni topa olishdi. Katta jamoaga qarshi murakkab o‘yin bo‘ldi va, fikrimcha, mavsum oxiriga kelib ular turnir jadvalidagi yuqori o‘rinlarga yaqin bo‘lishadi.
Endi biz birinchi g‘alabani qo‘lga kiritishimiz kerak. Dastlabki beshta o‘yinimizga nazar tashlasak, allaqachon «Manchester Yunayted», «Chelsi», «Enfild»da «Liverpul»ga qarshi va «Sanderlend» bilan o‘ynadik. Oldinda oktabr oyi turibdi va u biz uchun juda muhim bo‘ladi.
Qanday jamoa bo‘lishni xohlayotganimizni ko‘rsatdik. Agar shu tarzda o‘ynashda davom etsak, g‘alabalar ham keladi», — dedi ispaniyalik mutaxassis Sky Sports telekanaliga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, bellashuvni hakam Piter Benks boshqardi.
Arbeloa: «G‘alabaga yaqin edik. Barcha qarorlar «MYU» foydasiga chiqarildi»
Futbol
21 sentabr, 07:07
«Fulhem» bosh murabbiyi Manchester klubiga qarshi o‘yindagi hakamlikni tanqid qildi.
Foto: Getty Images
20.09.2026
FT
Angliya Premer-ligasi
Fulhem
1
:
1
Manchester Yunayted