Joze Mourinio «Real»ga hakamlar xalaqit berayotganini aytdi.
“Qirollik klubi” Madrid derbisida “Atletiko”ga 1:2 hisobida magʻlub boʻldi va peshqadam “Barselona”dan 6 ochko ortda qolmoqda.
— Endi chempionlikni qo‘lga kiritish qiyin bo‘ladi, deb o‘ylaysizmi?
— Agar bizni tinch qo‘yishsa, barcha bilan teng raqobatlashish imkonini berishsa, oldinda hali uzoq yo‘l bor.
Men haddan tashqari uzoqqa qarab, hammasi oldindan rejalashtirilgan, deb aytishni istamayman. Bunday deb o‘ylashni xohlamayman. Men shunchaki ular xato qilishdi, deb o‘ylashni istayman. Murabbiy yoki futbolchi xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lganidek, hakamlar qo‘mitasi ham xato qilgan, deb o‘ylashni xohlayman.
Bechoralar xato qilishdi: 41 yoshdagi va bunday vaziyatda hech qachon ishlamagan hakamni «Real»ga qarshi juda boy tarixga ega bo‘lgan boshqa bir inson bilan birga tayinlashdi, — deya «qaymoqranglilar» bosh murabbiyining so‘zlarini keltiradi AS.
Mourinio: «Hakamlar xalaqit qilmasa, chempionlik kurashida hali uzoq yo‘l bor»
Futbol
21 sentabr, 06:21
20
«Real» bosh murabbiyi «Barselona» bilan 6 ochkolik farq yuzaga kelgani haqida gapirdi.
Foto: Getty Images
20.09.2026
FT
Ispaniya La Ligasi
Atletico Madrid
2
:
1
Real Madrid
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi