«Real» yarim himoyachisi Federiko Valverde La Liga 7-turi doirasida «Atletiko»ga qarshi kechgan Madrid derbisida jarohat oldi.
«Qirollik klubi» sardori birinchi bo‘lim yakuni arafasida Li Kang Ing bilan to‘qnashuvdan keyin chap to‘pig‘idan shikastlandi. Valverde kuchli og‘riq his qilganiga qaramay, maydonni tark etmadi va uchrashuvni oxirigacha o‘tkazdi.
Jurnalist Gilermo Rai ma’lumotiga ko‘ra, tibbiy tekshiruvlardan keyin urugvaylik futbolchining tiklanishi taxminan 2–3 hafta vaqt olishi ma’lum bo‘lgan.
Shu tariqa, Federiko sentabr oyida Urugvay milliy jamoasi ixtiyorida bo‘la olmaydi. U Yaponiya va Janubiy Koreya milliy jamoalariga qarshi rejalashtirilgan o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradi.
Ma’lumot o‘rnida, «Atletiko» va «Real» o‘rtasidagi Madrid derbisi mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi barcha gollar ikkinchi bo‘limda urildi.
«Real» himoyachisi Din Heysen maydondan chetlatilgach, «qirollik klubi» o‘yinni bir kishi kam bo‘lib davom ettirdi.