Bugun
20
O'zbek

Amorim: «MYU»dagi xatoni «Milan»da takrorlashni istamayman

Futbol
21 sentabr, 01:10
«Milan» bosh murabbiyi Manchesterda ishlagan davrida yo‘l qo‘ygan xatolaridan xulosa chiqarganini aytdi.
Amorim: «MYU»dagi xatoni «Milan»da takrorlashni istamayman
Foto: Getty Images
20.09.2026 FT Italiya A seriyasi Milan Milan 3 : 0 Lechche Lechche

«Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim Angliyada ishlagan davrida yo‘l qo‘ygan xatolaridan xulosa chiqarganini aytdi.

«Ba’zida ma’lum uslubda o‘ynash uchun kerakli sifatlarga ega bo‘lmaymiz. «Manchester Yunayted»da bu holatni boshdan kechirdim va bu yerda o‘sha xatoni takrorlashni istamayman.

Agar ayrim sifatlar yetishmayotganini his qilsak, biroz moslashishimiz kerak», — dedi 41 yoshli mutaxassis DAZN’ga bergan intervyusida.

Shu bilan birga, portugaliyalik murabbiy jamoa o‘yini bo‘yicha yakuniy qarorni o‘zi qabul qilishini ta’kidladi.

«Tabiiyki, har bir futbolchi jamoa o‘yini uning xususiyatlariga to‘liq mos kelishini xohlaydi. Lekin bunday holatda jamoaning o‘z uslubini shakllantirish qiyinlashadi

Men futbolchilarning fikrini tinglayman, ammo yakuniy qaror doimo meniki bo‘ladi», — dedi Amorim «Lechche» ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng.

Ma’lumot o‘rnida, «Milan» A Seriyaning dastlabki 5 turidan keyin 11 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Lechche Lechche
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar