Live
4
O'zbek

Romero: «Madrid — qizil-oq rangda»

Futbol
21 sentabr, 02:50
«Atletiko» himoyachisi «Real» ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Romero: «Madrid — qizil-oq rangda»
Foto: Getty Images
20.09.2026 FT Ispaniya La Ligasi Atletico Madrid Atletico Madrid 2 : 1 Real Madrid Real Madrid

«Atletiko» himoyachisi Kristian Romero Ispaniya chempionatining 7-turida «Real» ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Madrid derbisi «matraschilar»ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Madrid — qizil-oq rangda! Hech kim e’tiborni bundan chalg‘itishiga yo‘l qo‘ymang! Biz uch ochkoga to‘la haqli edik.

Faxr, fidoyilik va ajoyib jamoaviy ruh — bularning barchasi bizning jamoamizda bor», — deya Romeroning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrizio Romano.

Qayd etish lozim, «Atletiko» ushbu g‘alabadan keyin La Ligadagi ochkolari sonini 16 taga yetkazdi. Diego Simeone jamoasi 7 ta turdan so‘ng turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi va peshqadam «Barselona»dan 5 ochkoga ortda qolmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, «matraschilar» La Ligadagi navbatdagi uchrashuvini 10-oktabr kuni o‘tkazadi. Madridliklar ushbu turda safarda «Alaves»ga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar