Kaliforniya Atletika komissiyasi UFC 331 turnirida ishtirok etgan jangchilarning gonorarlarini e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Maurisio Ruffiga qarshi jang o‘tkazgan Arman Tsarukyan 350 ming dollar ishlab topdi. Armanistonlik jangchining braziliyalik raqibiga esa 110 ming dollar to‘landi.
Oqshomning asosiy jangi ishtirokchilari Joshua Van va Alek sandre Pantoja mos ravishda 500 ming va 650 ming dollar gonorar oldi. Shu tariqa, Pantoja UFC 331 turnirida eng katta gonorarga ega bo‘lgan jangchiga aylandi.
Turnir ishtirokchilari orasida eng kam mablag‘ Yu Ju Sanga to‘landi. Uning gonorari 12 ming dollarni tashkil etdi.
Qayd etilishicha, e’lon qilingan summalarga UFC 331 yakunlari bo‘yicha jangchilarga taqdim etiladigan turli bonuslar kiritilmagan. Shu sababli, ayrim sportchilarning turnirdan olgan umumiy daromadi ko‘rsatilgan gonorardan yuqori bo‘lishi mumkin.