Live
4
O'zbek

Osiyo o'yinlari. Nodirbek Shavkatov bronza medalini qo'lga kiritdi

MMA
21 sentabr, 01:55
    7
Ushbu natija O'zbekiston delegatsiyasi uchun musobaqadagi ikkinchi medal bo'ldi.
Osiyo o'yinlari. Nodirbek Shavkatov bronza medalini qo'lga kiritdi
Foto: MOQ

O'zbekiston delegatsiyasi XX yozgi Osiyo o'yinlaridagi ikkinchi medalini qo'lga kiritdi.

Aralash jang san'atining modern yo'nalishida -71 kg vazn toifasida ishtirok etgan Nodirbek Shavkatov musobaqani bronza medali bilan yakunladi.

Hamyurtimiz musobaqa davomida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yarimfinal bosqichiga qadar yetib bordi. Final yo'llanmasi uchun kechgan bellashuvda Shavkatov Qozog'iston vakili Qodirbek Shinbayevga qarshi bahs olib bordi. Murosasiz kechgan to'qnashuv yakunida qozog'istonlik sportchining qo'li baland keldi.

Shu tariqa, Nodirbek Shavkatov 2026 yilgi Osiyo o'yinlarida uchinchi o'rinni egallab, bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Ushbu natija O'zbekiston delegatsiyasi uchun musobaqadagi ikkinchi medal bo'ldi. Hamyurtimiz aralash jang san'atlari bo'yicha mamlakatimiz hisobiga navbatdagi sovrinni qo'shib qo'ydi.

Avvalroq Humoyunmirzo Halimov Osiyo o'yinlarining kumush medalini qo'lga kiritgani ma'lum qilingandi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

7 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar