Live
2
O'zbek

Superliga. “Qizilqum” mehmonda “Xorazm”dan ustun keldi

Futbol
21 sentabr, 13:05
    5
Chempionatning 22-tur o‘yinlari yakunlandi.
Superliga. “Qizilqum” mehmonda “Xorazm”dan ustun keldi
Фото: Хоразм ПФК
21.09.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Xorazm Xorazm 1 : 3 Qizilqum Qizilqum

Superliga 22-turining so‘nggi bahsida “Qizilqum” mehmonda “Xorazm”ga qarshi bellashdi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab Rafael Tavaresh mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 40-daqiqada Otabek Jo‘raqo‘ziyev muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limning 76-daqiqasida Roman Papariga navoiylikning ustunligini ta’minladi. 88-daqiqada esa Jambulи Jigauri yakuniy nuqtani qo‘ydi. Bellashuvning 60-daqiqada urganchliklar safida Ulug‘bek Hoshimov maydondan chetlatildi.

Natijada Jamshid Saidov jamoasi ochkolari sonini 29 taga yetkazib, 10-o‘ringa ko‘tarildi. “Xorazm” esa 21 ochko bilan 14-pog‘onada.

Superliga. 22-tur
Xorazm – Qizilqum 1:3
Gollar
: Rafael Tavaresh, 30 (1:0), Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 40 (1:1), Roman Papariga, 76 (1:2), Jambulи Jigauri, 88 (1:3)
Xorazm”: 77.Umidjon Ergashev, 5.Abbos Otaxonov, 9.Sardorbek Azimov (71.Umid Sultonov, 63’), 10.Rafael Tavaresh (90.Ulug‘bek Hoshimov, 46’), 12.Maksim Shiryaev (22.Sunnatulloh Hamidjonov, 46’), 13.Elzio Lohan, 15.Diyor Ortiqboyev, 25.Matiya Rom (7.Temur Ismoilov, 81’), 55.Azizbek Pirmuhammadov, 94.Rustam Abduhamidov (79.Aziz Ahrorov, 67’), 96.Rafael Sabino.
Qizilqum: 1.Farhod Rahmatov, 7.Fayzullo Jumanoqo‘ziyev, 8.Shahzodbek Rahmatullayev, 9.Shahzod Turopov (70.Duglas Maykon, 70’), 10.Islom Kenjaboyev (97.Roman Papariga, 70’), 15.Nikola Kumburovich, 20.Bobomurod Bozorov, 23.Samandar Shukurillayev, 31.Jambulи Jigauri, 77.Diyor Rahmatilloyev, 88.Otabek Jo‘raqo‘ziyev (14.Elbek Otaqulov, 46’).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Xorazm Xorazm
  • Qizilqum Qizilqum
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar