«Liverpul» klubi «Barselona» himoyachisi Ronald Arauxoni to‘liq transfer qilish bo‘yicha muzokaralarni qachon boshlashi ma’lum bo‘ldi.
Jurnalist Xuan Xesusning xabar berishicha, muzokaralar qishki transfer oynasi oldidan boshlanishi kutilmoqda. Mersisaydliklar rahbariyati urugvaylik futbolchining to‘liq transferini mutlaq ustuvor vazifa sifatida ko‘rmoqda.
Klubda Arauxoning hozirgi o‘yinlaridan to‘liq qoniqishmoqda va uni jamoada saqlab qolishni istashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Arauxo o‘tgan yozda «qizillar» futbolchisiga aylangan. Hozirga qadar u mavsum davomida barcha turnirlar doirasida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Andoni Iraola boshchiligidagi «Liverpul» Angliya Premyer-ligasining dastlabki besh turidan so‘ng to‘qqiz ochko bilan turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.