«Liverpul» himoyachisi Virjil van Deyk Niderlandiya milliy jamoasidagi faoliyatini davom ettirishga qaror qildi.
35 yoshli futbolchining bu qaroriga «lolalar yurti vakillari»ning yangi bosh murabbiyi Xavi bilan bo‘lgan suhbat ta’sir ko‘rsatgan.
«Bu juda muhim qaror edi. Men ishonchni his qilishim kerak edi. Shuningdek, hurmat va men istagan barcha narsani his qilishni xohladim.
Xavi bilan suhbatning dastlabki soniyalaridanoq aynan shuni his qildim. Shu sababli uzoq gaplashishimizga hojat qolmadi. Lekin suhbat juda yaxshi o‘tdi.
U bilan uchrashishni sabrsizlik bilan kutyapman. Keling, oldimizdagi ikki yilni ajoyib o‘tkazaylik», — dedi van Deyk.
Shu tariqa, tajribali himoyachi Niderlandiya milliy jamoasi sharafini himoya qilishda davom etadi. Avvalroq Virjil ushbu mavsum yakunlanganidan so‘ng «Liverpul»ni tark etishi mumkinligi ma’lum qilingandi.