«Shabab Al Ahli» hujumchisi Sardor Ozmun Eron milliy jamoasiga qaytganini ma’lum qildi. 31 yoshli futbolchi O‘zbekiston va Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun yig‘inga chaqirildi.
«2014-yildan buyon milliy jamoa libosida ko‘p narsalarni boshdan kechirdim. Jamoa bilan birga bo‘lmagan paytimda ham o‘zimni undan uzoqlashgandek his qilmadim. O‘yin oldidan milliy madhiyani eshitishni sog‘indim.
Yana chaqirilganimni bilganimda, xuddi birinchi martadagidek xursand bo‘ldim. Hech kimdan xafa emasman va hech kimga nimanidir isbotlashim shart emas.
Shunchaki, butun qalbim bilan sevadigan mamlakatim uchun yana kurashish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan xursandman. Sog‘ingandim va mana qaytdim» — deb yozdi Ozmun.
Ma’lumot o‘rnida, Eron 24-sentabr kuni O‘zbekistonga, 29-sentabrda esa Rossiya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Qayd etish lozim, Ozmun Eron milliy jamoasi safida 91 uchrashuv o‘tkazib, 57 marta gol urgan.
Avvalroq O‘zbekiston — Eron uchrashuvini rossiyalik hakamlar boshqarishi ma’lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi