Bugun
23
O'zbek

Butunjahon shaxmat olimpiadasi. Amaldagi jahon chempionlarini yenggan O‘zbekiston erkaklar jamoasi yaqqol peshqadam bo‘lib oldi

Boshqalar
21 sentabr, 23:40
    7
O‘zbekiston erkaklar va ayollar jamoasi egallab turgan o‘rni hamda ularning 7-turdagi raqiblari ma’lum.
Butunjahon shaxmat olimpiadasi. Amaldagi jahon chempionlarini yenggan O‘zbekiston erkaklar jamoasi yaqqol peshqadam bo‘lib oldi
Foto: UzChess

Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekistonning barcha erkaklar va ayollar jamoalari 6-turda o‘z o‘yinlarini o‘tkazishdi.

Erkaklar:

O‘zbekiston-1 — Hindiston 2,5:1,5;

Ispaniya — O‘zbekiston-2 0,5:3,5;

Avstraliya — O‘zbekiston-3 2,5:1,5.

Ayollar:

Gruziya — O‘zbekiston-1 3,5:0,5;

Shimoliy Makedoniya — O‘zbekiston-2 0,5:3,5;

Shvetsiya — O‘zbekiston-3 1,5:2,5.

Yettinchi turda o‘zbekistonlik erkak shaxmatchilar quyidagi raqiblarga qarshi bahs olib borishadi:

O‘zbekiston-1 — Xitoy;
O‘zbekiston-2 — Fransiya;
O‘zbekiston-3 — JAR.

Yettinchi turda o‘zbekistonlik ayol shaxmatchilar quyidagi raqiblarga qarshi bahs olib borishadi:

O‘zbekiston-1 — Sloveniya;
O‘zbekiston-2 — Tojikiston;
O‘zbekiston-3 — Peru.

6-tur bahslaridan so‘ng O‘zbekiston erkaklar jamoasi yaqqol peshqadam bo‘lib oldi
Foto: UzChess

6-tur bahslaridan so‘ng Xitoy va Qozog‘iston shaxmatchilari yetakchilikni bo‘lishib turibdi
Foto: UzChess
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

7 izoh +4 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar