Live
1
O'zbek

Lyuis Xoll «MYU» tomonidan bo‘lgan qiziqishni qanday qabul qilganini esladi

Futbol
22 sentabr, 05:50
«Nyukasl» qanot himoyachisi «qizil iblislar»ning qiziqishiga munosabatini aytib berdi.
Lyuis Xoll «MYU» tomonidan bo‘lgan qiziqishni qanday qabul qilganini esladi
Foto: Gettyimages

«Nyukasl» qanot himoyachisi Lyuis Holl «Manchester Yunayted» klubi tomonidan bo‘lgan qiziqishga o‘zining munosabati haqida gapirdi. Avvalroq, futbolchi «hakkalar» bilan mehnat shartnomasini uzaytirgan edi.

«Menga bu hech qanday ta’sir qilmadi. O‘ylashimcha, boshqa kimdir sening xizmatlaringga qiziqish bildiryaptimi, demak, sen ishingni to‘g‘ri bajaryapsan. Men buni ijobiy qabul qilaman, lekin shu bilan birga, bu yerda o‘ynashni qanchalik yaxshi ko‘rishimni yaxshi tushunardim. Men klub tomonidan bildirilgan ishonch va yangi shartnomadan cheksiz minnatdorman», - deya Holl so‘zlaridan iqtibos keltiradi FourFourTwo.

Eslatib o‘tamiz, yangi mavsumda 22 yoshli himoyachi barcha musobaqalarni inobatga olganda 7 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma yetkazib berishga muvaffaq bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nyukasl Nyukasl
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar