«Manchester Yunayted» kelasi yili himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlar orqali «qizil iblislar»ning uch nafar nomzodini ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, klubning qisqa ro‘yxatidan «Lechche» vakili Tyaago Gabriel, «Everton» himoyachisi Jerred Breytueyt va «Shtutgart» futbolchisi Finn Yelch joy olgan.
«Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasining dastlabki besh turida sakkizta gol o‘tkazib yubordi. Maykl Kerrik shogirdlari ushbu bahslarda besh ochko jamg‘argan va turnir jadvalining 12-pog‘onasidan joy olgan.
«Qizil iblislar»ning navbatdagi APL bahsi «Old Trafford» stadionida «Tottenhem»ga qarshi o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» yangi mavsumda himoya chizig‘idagi muammolarni bartaraf etish uchun transfer bozorida markaziy himoyachi izlamoqda.