«Benfika»ga tegishli qanot himoyachisi Daniel Banjaki faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 18 yoshli lateral xizmatlariga «Chelsi» va «Liverpul» klublari qiziqish bildirmoqda. Angliya klublari yosh futbolchini o‘z safiga qo‘shish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
«Benfika» esa Banjakini sotishdan kamida 50 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Portugaliya klubi futbolchi bilan shartnomani 2031-yil iyunigacha tuzgan.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, himoyachining bozor qiymati 5 million yevroga baholanmoqda. Biroq «Benfika» futbolchi uchun ancha yuqori summa olishni ko‘zlamoqda.
Daniel Banjaki ushbu mavsum Portugaliya chempionatida ikki bahsda maydonga tushdi.