Jordan Henderson "Chelsi" a'zosiga aylandi.
London klubi 36 yoshli yarimhimoyachini erkin agent sifatida o'z qo'shib oldi va u bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Angliya milliy jamoasi o'yinchisining so'nggi klubi "Brentford" bo'lgandi. U o'tgan mavsumda Premer-ligada 34 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urgani va yana 3 ta golli uzatmani amalga oshirgandi.
Henderson "Sanderlend" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U professional faoliyatining katta qismini "Liverpul"da (2011-2023 yillar oralig'ida) o'tkazib, jamoa bilan bir qator nufuzli sovrinlarni qo'lga kiritgan. Shuningdek, u "Koventri", "Al Ittifoq" va "Ayaks" klublarida ham o'ynagan.
Jordan Henderson - "Chelsi" futbolchisi
Futbol
3 avgust, 11:41
"Liverpul" sobiq sardori faoliyatini "ko'klar" safida davom ettiradi.
Foto: Chelsea
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi