"Chelsi" bosh murabbiyi Xabi Alonso "Real"dagi muvaffaqiyatsiz davri unga og'ir ta'sir qilganini tan oldi.
"Menda chandiqlar qoldi, ammo ular bitib bormoqda. Endi bu o'tmishda qoldi. Men hozir "Real"da ish boshlagan paytimdagidek keyingi qadamni tashlash uchun to'la motivatsiyaga egaman. Oldinga harakat qilish vaqti keldi.
O'tmishga nazar tashlar ekanman, ijobiy jihatlar va nimalar noto'g'ri ketganini tahlil qilaman. Men o'zimga nisbatan juda tanqidiy munosabatda bo'ldim, nimani yaxshiroq qilishim mumkinligi haqida o'yladim. Chunki albatta, hammasi kutilgandek kechmadi.
Bu "Chelsi" uchun ham, men uchun ham yaxshi bo'ldi. So'nggi paytlarda bu jamoa juda yaxshi o'ynamoqda. O'tgan mavsum yakunida ko'ringandek, hammasi unchalik yomon emas.
Bizda yuqori salohiyatga ega futbolchilar bor. Qancha vaqt kerak bo'lishini ko'ramiz. Biz hali tayyorgarlik jarayonidamiz.
Menda murabbiylikdan zavq olish imkoniyati borligini his qildim. Kuch to'plashim uchun vaqt kerak bo'ldi, chunki murabbiy undan maksimal darajada foydalanish uchun doimo energiyaga to'la bo'lishi kerak. Har bir mashg'ulotda, har bir o'yin rejasida o'zimning ishtiyoqlarimni namoyon etishim men uchun juda muhim.
Men deyarli futbol ko'rmadim. Asosan o'zimga va his-tuyg'ularimga vaqt ajratdim. Siz amalga oshmay qolgan rejalaridan kelib chiqqan ko'ngil qolishlardan saboq olasiz va hammasi yaxshi tomonga o'zgarishiga ishonasiz", — dedi Alonso.
Ma'lumot o'rnida, Xabi 2025 yil may oyida "Real" bosh murabbiyi etib tayinlangan va 2026 yil yanvar oyida lavozimidan ozod qilingan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi