"Real" klubi bosh murabbiy Xabi Alonsoni iste'foga chiqarganini e'lon qildi.
Madrid klubi Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga mag'lub bo'lganidan so'ng murabbiy bilan xayrlashdi.
Avvalroq "qirollik klubi" rahbariyati Alonsoning kelajagi boʻyicha tezkor yig'ilish oʻtkazishi mumkinligi xabar qilingandi.
Ma'lumot uchun, "Real" Ispaniya chempionati turnir jadvalida 19 ta o'yindan keyin 45 ochko to'plab, 2-o'rinni egallab turibdi. Peshqadam "Barselona" esa jamoadan 4 ochkoga oldinda bormoqda.