«Real» bosh murabbiyi Xabi Alonso Ispaniya superkubogi finalida «Barselona»ga qarshi mag'lubiyat (2:3)dan keyin iste'foga chiqarilishi mumkin. Bu haqda MatchDay Central nashri xabar berdi.
«Qirolicha klubi» rahbariyati Xabi Alonsoning ishidan norozi. Yaqin vaqt ichida klubda yig'ilish o'tkazilib, unda ispan murabbiyini ishdan bo'shatish bo'yicha qaror qabul qilinishi mumkin.
Ma'lumot o'rnida, madridliklar Ispaniya chempionati turnir jadvalida 19 ta o'yindan keyin 45 ochko to'plab, 2-o'rinni egallab turibdi. Peshqadam «Barselona» esa jamoadan 4 ochkoga oldinda bormoqda.