Jiddada o'tgan Ispaniya superkubogi finalida «Barselona» va «Real» klublari o'zaro to'qnash keldi.
Gollarga boy klassikoda Rafinyaning dubl va Levandovskining goli kataloniya klubiga ushbu turnirda qatorasiga ikkinchi, umumiy hisobda 16-bor g'oliblikni keltirdi. Madridliklardan Vinisius va Gonsalo to'p kiritdi.
Ispaniya superkubogi. Final
Barselona — Real 3:2
11 yanvar. Jidda. «King Abdulla Sports City»
Gollar: Rafinya (36, 73), Levandovski (45+4) — Vinisius (45+2), Gonsalo (45+6).
Barselona — Joan Garsiya, Balde, Kubarsi, Pedri, Levandovski (Torres, 66), Yamal (Arauxo, 90+3), Rafinya (Reshford, 83), Fermin (Olmo, 66), de Yong, Kunde, Erik Garsiya (Martin, 83).
Real — Kurtua, Valverde (Guler, 68), Asensio, Heysen (Alaba, 76), Karreras, Chuameni, Kamavinga (Sebalos, 82), Rodrigo, Bellinghem, Vinisius (Mastantuono, 82), Gonsalo Garsiya (Mbappe, 76).
Ogohlantirishlar: Asensio (57), Erik Garsiya (59), Valverde (59), Karreras (82).
Chetlatish: de Yong (90).