Jiddada o'tayotgan Ispaniya superkubogi finalida "Barselona" va "Real" klublari o'zaro to'qnash keladi.
Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadigan bahs uchun tarkiblar e'lon qilindi. Madridliklar safida jarohatdan qaytgan Mbappe zaxirada qoldirildi.
Eslatib o'tamiz, jamoalar qatorasiga to'rtinchi yil finalda ro'baro' kelishmoqda. O'tgan yili Kataloniya klubi 5:2 hisobida ustun kelgandi.
Ispaniya superkubogi. Final
Barselona — Real
11 yanvar. Jidda. "King Abdulla Sports City"
Barselona — Joan Garsiya, Balde, Kubarsi, Pedri, Levandovski, Yamal, Rafinya, Fermin, de Yong, Kunde, Erik Garsiya.
Real — Kurtua, Valverde, Asensio, Heysen, Karreras, Chuameni, Kamavinga, Gonsalo, Rodrigo, Bellinghem, Vinisius.