"Real" klubi hujumchi Vinisius Junior yangi shartnoma imzolashga tayyor, biroq buning uchun uning bir qator talabari bajarilishi lozim. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, braziliyalik 24 yoshli futbolchi yangi kelishuv doirasida soliqlar ushlab qolingandan keyin yiliga 20 million yevro sof maosh olishni xohlamoqda.
Avvalroq "Arsenal" klubi Vinisiusga jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq hozircha futbolchining asosiy maqsadi "Real" bilan o'zaro manfaatli kelishuvga erishish bo'lib qolmoqda.
Vinisius 2018 yilning yozidan buyon "qaymoqranglilar" safida to'p tepib keladi. Shu vaqt mobaynida u barcha turnirlarda 375 ta uchrashuvda ishtirok etib, 128 ta gol urdi va 100 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma'lumot uchun, futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.