Live
2
O'zbek

Rodrigа «Barsa» ham qiziqish bildirmoqda

Futbol
2 avgust, 23:15
30 yoshli futbolchi uchun kurashda «Real» hamon peshqadam.
Rodrigа «Barsa» ham qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodri nafaqat «Real», balki «Barselona»ning ham qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi. Bu haqda Cadena SER xabar berdi.

«Ko'k-anorranglilar» «shaharliklar» yulduzini o'z safiga qo'shib olishni istamoqda. Biroq hozircha futbolchi kataloniyaliklarga ijobiy javob qaytargani yo'q.

Rodri «Barselona»ga o'tish uchun rozilik bermagan. 30 yoshli futbolchi uchun kurashda «qaymoqranglilar» hamon peshqadam.

Ma'lumot o'rnida, ispan yarimhimoyachining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozda yakuniga yetadi. Angliyaga ko'chib o'tishidan oldin futbolchi vatanida «Atletiko» sharafini himoya qilgan.

Avvalroq «Real» Rodri transferi uchun taxminan 50 million yevro taklif qilgani haqida xabar berilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Manchester Siti Manchester Siti
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar