"Real" "Manchester City" yarimhimoyachisi Rodri transferi uchun taxminan 50 million yevro taklif qilgan. Bu haqda El Larguero xabar berdi.
Hozircha bu faqat og'zaki taklif bo'lib turibdi. Biroq tomonlar yaqin vaqt ichida kelishuvga erishishi mumkinligi aytilmoqda.
Ispaniyalik futbolchining transferini "Real" bosh murabbiyi Joze Mourinio ham ma'qullagan. Shuningdek, Rodrining o'zi ham Madrid klubida to'p tepishni istamoqda. Shu sababli, u "Manchester City" bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni rad etmoqda.
Ma'lumot o'rnida, Rodri o'tgan mavsum APLdagi 21 o'yinda maydonga tushib, 1 marta gol urg'an. 2026 yildagi jahon chempionatida esa u Ispaniyaning barcha 8 ta o'yinida qatnashdi va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi