«Manchester Siti» va Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Rodri faoliyatini«Real»da davom ettirishga rozilik berdi.
Jurnalist Matteo Moretto xabariga ko‘ra, madridliklar va futbolchi vakillari shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga juda yaqin turibdi.
Biroq hozircha «Real» va «Manchester Siti» o‘rtasida transfer yuzasidan rasmiy muzokaralar boshlanmagan.
2025/26 yilgi mavsumda Rodri «Manchester Siti» safida barcha musobaqalarda 33 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Shuningdek, u Ispaniya milliy jamoasi bilan JCh-2026 g‘olibiga aylandi va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Qayd etish joiz, Transfermarkt portaliga ko‘ra, 30 yoshli yarimhimoyachining transfer qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi