Live
2
O'zbek

Valverde: «Mourinyodan imkon qadar ko‘proq bilim olishni istayman»

Futbol
22 iyul, 14:08
Urugvaylik yarimhimoyachi portugaliyalik mutaxassis bilan ishlashni sabrsizlik bilan kutayotganini aytdi.
Valverde: «Mourinyodan imkon qadar ko‘proq bilim olishni istayman»
Foto: Getty Images

Federiko Valverde yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan ishlash imkoniyatidan mamnun ekanini bildirib, tajribali mutaxassisdan iloji boricha ko‘proq bilim olishni istashini ta'kidladi.

«Men Joze Mourinyodan o‘rganishni intiqlik bilan kutyapman. U beradigan har bir maslahatni tinglashga tayyorman.

Bugundan boshlab u va uning murabbiylar shtabi bilan o‘tkazadigan har bir soniya, har bir daqiqalik mashg‘ulotdan maksimal foyda olishga harakat qilaman», — dedi Valverde.

Qayd etish joiz, Mourinyo jahon futbolidagi eng muvaffaqiyatli murabbiylardan biri sanaladi. Uning qo‘l ostida ishlash ko‘plab futbolchilar uchun katta tajriba maktabi sifatida baholanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar