Bugun
35
O'zbek

«Real» Asensio bilan xayrlashadi

Futbol
22 iyul, 09:10
Himoyachi Mourinioning rejalaridan o‘rin olmagan.
«Real» Asensio bilan xayrlashadi
Foto: Getty Images

Raul Asensio shu yozda «Real»ni tark etishi mumkin.

Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, 23 yoshli himoyachining ketishi madridliklarning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinio tomonidan iyun oyidayoq rejalashtirilgan.

«Real» Asensioni sotish yoki ijaraga berish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu takliflar va futbolchining qaroriga bog‘liq bo‘ladi.

O‘tgan mavsum Asensio La Liganing 23 ta bahsida 2 ta gol urdi va 4 bor sariq kartochka oldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar