"Bavariya" vingeri Maykl Olise hamon faoliyatini "Real"da davom ettirish niyatidan qaytmagan.
L’Equipe nashri xabariga ko‘ra, JCH-2026 musobaqasi davomida Fransiyaning 24 yoshli futbolchisi milliy jamoadaги sheriklaridan Madrid klubi haqida ko‘plab ma'lumotlar so‘ragan. Ayni paytda "uchranglilar" safida o‘ynaydigan Kilian Mbappe, Orelien Chuameni va Ibrohima Konate ham "Real" a'zolari sanaladi.
Manbaning ma'lum qilishicha, Olise shaxsiy suhbatlarda "Real"ga o‘tish istagini yashirmayapti. Shu bilan birga, uning "Bavariya"dagi jamoadoshi Dayo Upamekano Mayklni Myunxen klubida qolishga ko‘ndirishga harakat qilmoqda.
Avvalroq Germaniya chempioni vinger uchun 200 million yevro talab qilishi xabar berilgandi.
Olise JCH vaqtida Fransiya safidagi "Real" o‘yinchilaridan Madrid klubi haqida ko‘p ma'lumotlar so‘radi
Futbol
17 iyul, 05:30
"Bavariya" vingeri ispan jamoasi safiга o‘tish istagini yashirmayapti.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi