Xorvatiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Marselo Brozovich faoliyatini «Real»da davom ettirishi mumkin. Bu haqida jurnalist Sasha Tavolieri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi «An Nasr»ni tark etganidan so‘ng u erkin agentga aylangan. Madrid klubi esa ortiqcha to‘lovlarsiz Brozovich bilan shartnoma imzolash imkoniyatiga ega.
«Qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Joze Mourinio Marseolni jamoaga taklif etish g‘oyasiga qiziqish bildirgan. Ehtimoliy shartnoma bir yil muddatga mo‘ljallanishi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Brozovich «Inter»da 2015-2023 yillarda o‘ynagan. So‘ngra Yaqin Sharqqa yo‘l olgandi.