"Manchester Siti" "Sheffild Uensdey" darvozaboni Pirs Charlz bilan shartnoma imzolaganini rasman e'lon qildi.
Qayd etilishicha. "shaharliklar" 20 yoshli kiper bilan 2031 yilning yozigacha mo'ljallangan bitim tuzdi.
Shu bilan birga, u 2026/2027 yilgi mavsumni ijara asosida "Kuinz Park Reynjers" safida o'tkazadi.
Pirs "Manchester Siti" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2021 yilda "Sheffild Uensdey"ga o'tgan va 2024 yil yanvaridan buyon asosiy jamoada 36 ta rasmiy o'yin o'tkazgan. Shuningdek, u Shimoliy Irlandiya milliy jamoasi safida 12 ta bahsda ishtirok etgan.
“Manchester Siti”ga qaytish men va oilam uchun juda muhim va alohida voqea. Bu klub qanchalik buyuk ekanini yaxshi bilaman va kelajakka katta ishtiyoq bilan qarayapman. Bu yerda yosh futbolchilar rivojiga katta e'tibor qaratiladi. Shuning uchun ijara mening o'sishimga yordam beradi, deb ishonaman. Hozir esa barcha e'tiborimni Chempionshipda muvaffaqiyatli mavsum o'tkazishga va yanada kuchli darvozabon bo'lib Manchesterga qaytishga qaratganman", — dedi Charlz klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.