"Leypsig" klubi "Byornli" himoyachisi Maksim Esteveni o'z safiga qo'shib olish arafasida turibdi. Bu haqida insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, bonuslar bilan birga transferning umumiy qiymati 32 million yevroni tashkil etadi. Nemis klubi fransiyalik 24 yoshli futbolchining shaxsiy shartlari bo'yicha ham kelishuvga erishgan.
Maksim o'tgan mavsum barcha turnirlarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Futbolchining "Byornli" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 28 million yevroni tashkil etadi.