Bu haqda milliy jamoaning matbuot xizmati X tarmog‘idagi sahifasi orqali xabar berdi.
«Bugun yangi yo‘l boshlanmoqda. Milliy jamoaga xush kelibsiz, mister Jorje Jezush», — deyiladi xabarda.
Avvalroq, A Bola 71 yoshli mutaxassis Yevro-2028 va JCH-2030ga saralash hamda tayyorgarlik davrida jamoani boshqarishini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Jezushning oxirgi ish joyi «An Nassr» klubi bo‘lib, u klubni yozda tark etgandi. Ta’kidlab o‘tamiz, aynan Saudiya Arabistoni klubida portugaliyaliklar sardori Krishtianu Ronaldu to‘p tepadi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda «An Nasr» Saudiya Arabistoni chempioniga aylandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi