Portugaliya sobiq bosh murabbiyi Roberto Martines Janubiy Koreya milliy jamoasini boshqarishga nomzod sifatida ko'rilmoqda. Bu haqida Star News Korea nashri xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, 2022 yil Qatardagi jahon chempionatida Janubiy Koreyani 1/8 finalga olib chiqqan portugaliyalik mutaxassis Paulu Bentu hamda 2026 yildagi mundialda Portugaliya milliy jamoasini boshqargan ispaniyalik Roberto Martines bosh murabbiylik uchun ikki asosiy nomzod bo'lib turibdi.
Ayni paytda Janubiy Koreya milliy jamoasi bosh murabbiyligi lavozimi bo'sh turibdi. Avvalroq Xon Myon Bo jamoa 2026 yildagi jahon chempionati guruh bosqichidan chiqa olmagach, iste'foga chiqarilgani ma'lum qilingan edi.