Portugaliya futbol federatsiyasi prezidenti Pedru Proensa JCH—2026 dan chiqib ketganidan so'ng milliy jamoa uchun yangi bosh murabbiy qidirish haqida fikr bildirdi.
Avvalroq Roberto Martinez milliy jamoadan ketganini e'lon qilgandi.
«Portugaliya xalqi nimani kutayotganini juda yaxshi tushunib turgandik va bu jahon chempionatidagi natija biz kutganimizdan ancha past bo'ldi. Yangi murabbiyning nomzodi allaqachon aniqlangan. Bu portugal futbolini juda yaxshi biladigan va federatsiyaning g'alabalarga bo'lgan intilishini qo'llab-quvvatlaydigan inson bo'lishi kerak. Bu masala bilan shaxsan o'zim shug'ullanaman va hafta oxirigacha aniq yangiliklar paydo bo'lishiga umid qilaman», — deya Proensaning so'zlaridan keltiradi Expresso nashri.