Live
4
O'zbek

Gabriel Moskardo "Espanyol"ga o'tdi

Futbol
8 iyul, 11:13
Futbolchi ijaraga asoslangan holda La Liga klubida to'p tepadi.
Gabriel Moskardo "Espanyol"ga o'tdi
Фото: Espagnol FC

"PSJ" yarimhimoyachisi Gabriel Moskardo faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi. Bu haqda Fransiya klubi rasmiy sayti orqali ma'lum qildi.

Braziliyalik 20 yoshli futbolchi "Espanyol" safiga bir mavsumlik ijara asosida qo'shildi. Kelishuvda futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi nazarda tutilmagan.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, ijara kelishuvi qiymati 7 million yevroni tashkil etadi. Moskardoning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, Moskardo 2024 yil yanvar oyida PSJga o'tgan edi. Shundan beri u to'rtinchi marta ijaraga yuborilmoqda.

O'tgan mavsumda yarimhimoyachi Portugaliyaning "Braga" klubida to'p tepb, barcha turnirlarda 39 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 1 ta assistni qayd etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Espanyol Espanyol
Bugungi yangiliklar