Live
5
O'zbek

Benites: «Agar «Chelsi» Xabi Alonsoni qo'llab-quvvatlasa, u muvaffaqiyat qozonadi»

Futbol
8 iyul, 12:24
Ispaniyalik mutaxassis sobiq shogirdining murabbiylik salohiyatiga yuqori baho berdi.
Benites: «Agar «Chelsi» Xabi Alonsoni qo'llab-quvvatlasa, u muvaffaqiyat qozonadi»
Foto: Getty Images

«Liverpul» va «Chelsi»ning sobiq bosh murabbiyi Rafael Benites Xabi Alonsoning London klubi bosh murabbiyi etib tayinlanishi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

«Xabi juda aqlli inson. Men uni intellektual murabbiy deb bilaman va uning ish uslubi menga juda yoqadi. U «Real Sosyedad B»ni boshqargan paytdan boshlab faoliyatini kuzatganman. Keyinchalik «Bayer»dagi muvaffaqiyatlari ham meni hayratda qoldirdi.

U «Real»ga kelganida ko'pchilik bizning murabbiylik uslubimizni taqqoslardi. Ammo «Real» — o'zgacha klub. Bu yerda faqat kiyinish xonasi emas, balki rahbariyatning qo'llab-quvvatlashi ham katta ahamiyatga ega. Menimcha, Xabi u yerda o'ziga kerakli darajadagi yordamni olmadi. Balki aynan shu sabab «Chelsi» uning salohiyatini to'g'ri baholagandir. Agar klub uni qo'llab-quvvatlasa, u «Chelsi»da albatta muvaffaqiyat qozonadi», — deya Benitesning so'zlarini talkSPORT keltirdi.

Eslatib o'tamiz, Xabi Alonso futbolchilik faoliyati davomida «Liverpul» safida aynan Rafael Benites qo'l ostida to'p tepgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar