Jahon chempionatida Argentina milliy jamoasining musobaqa to'ri oson kechayotgani haqidagi bahslar fonida statistik Aleksis Martin-Tamayo (Mr. Chip) bu boradagi qiziqarli ma'lumotlarni e'lon qildi.
U FIFA reytingi asosida Argentinaning JCH-2026dagi raqiblari musobaqa boshlanishidan oldin egallagan o'rinlarni tahlil qildi.
Argentinaning raqiblari FIFA reytingida quyidagi o'rinlarni egallagan edi:
Jazoir — 28-o'rin;
Avstriya — 24-o'rin;
Iordaniya — 63-o'rin;
Kabo-Verde — 67-o'rin;
Misr — 29-o'rin;
Shveysariya — 19-o'rin.
Hisob-kitoblarga ko'ra, Argentinaning ushbu raqiblarining FIFA reytingidagi o'rtacha ko'rsatkichi 38 dan sal yuqorini tashkil etadi. Mr. Chip ta'kidlashicha, bu Jahon chempionatlari tarixida yarimfinal yo'lidagi eng past o'rtacha reyting hisoblanadi. Ya'ni, statistik jihatdan Argentina mundiallar tarixidagi eng yengil to'rga ega bo'lgan jamoa sifatida qayd etilgan.
Shunga qaramay, Lionel Skaloni shogirdlari Kabo-Verde va Misrga qarshi pley-off bahslarida g'alabaga osonlik bilan erisha olmagan.
Eslatib o'tamiz, Argentina Jahon chempionati chorakfinalida 12 iyul kuni Shveysariya milliy jamoasiga qarshi bahs olib boradi.