Live
6
O'zbek

Ziko Argentinaga qarshi o‘yindan so‘ng: «Hakam butun bir millatning orzusini yo‘qqa chiqardi, endi xudo oldida javobini bersin»

Futbol
8 iyul, 00:37
Misr milliy jamoasi forvardi JCH-2026 1/8 final doirasida Argetinaga qarshi o‘yindan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Ziko Argentinaga qarshi o‘yindan so‘ng: «Hakam butun bir millatning orzusini yo‘qqa chiqardi, endi xudo oldida javobini bersin»
Foto: Getty Images
07.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Argentina Argentina 3 : 2 Misr Misr

Misr milliy jamoasi hujumchisi Mustafo Ziko jahon chempionati 1/8 finali doirasida Argentinaga imkoniyat boy berilgach (2:3), o‘yinni boshqarib borgan Fransua Leteksiye butun bir millatning orzusini barbod qilganini ta’kidladi.

«Hakam butun bir millatning orzusini barbod qildi va u bizni nishonga olgandi, sababi biz Argentinani yutib qo‘ymasligimiz kerak edi. Endi qilganlari uchun xudo oldida o‘zi javob bersin», — dedi Ziko o‘yindan keyin.

Ma’lumot uchun, 58-daqiqada Zikoning goli VAR aralashuvidan keyin bekor qilindi, bahsning so‘nggi daqiqalarida esa bosh hakam Muhammad Salohga nisbatan fol uchun penalti belgilamadi.

Eslatib o‘tamiz, mundial 1/4 final bosqichida Argentina milliy jamoasi Shveysariya bilan ro‘baro‘ keladi.

AQSH, Kanada va Meksikada o‘tayotgan jahon chempionati 19-iyulgacha davom etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Misr Misr
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

270+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar