Jahon chempionati-2026 1/8 final bahsida Argentina milliy jamoasi Misr milliy jamoasini, o‘yin davomida 0:2 hisobida ortda bo‘la turib, 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Bu Messi uchun jahon chempionatidagi 31-uchrashuv bo‘ldi.
Bu o‘yinda Messi gol urdi va golli uzatma yetkazib berdi, shu tariqa uning jahon chempionatlaridagi golli harakatlari statistikasi 30 taga yetdi — 21 ta gol va to‘qqizta golli uzatma.
Messi jahon chempionatidagi gollar soni bo‘yicha shaxsiy rekordini o‘rnatdi — Misr darvozasiga kiritilgan to‘p argentinalik uchun turnirdagi sakkizinchisi bo‘ldi. Futbolchining jahon chempionatlaridagi oldingi rekordi Qatardagi JCH-2022 da 7 ta gol edi.
Messi JCH-2026ning har bir o‘yinida gol urmoqda. U Misr, Kabo-Verde va Iordaniya darvozasiga 1 tadan, Avstriyaga qarshi bahsda 2 ta va Jazoyirga qarshi bellashuvda 3 ta gol rasmiylashtirdi. Futbolchi to‘purarlar poygasida ham yetakchilik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 1/4 finalida Argentina milliy jamoasi Shveysariya milliy jamoasi bilan ro‘baro‘ keladi.