Live
3
O'zbek

Kurtua: "Ispaniyani mag'lub etishimizga ishonishimiz va buni maydonga isbotlashimiz kerak"

Futbol
8 iyul, 08:49
Belgiya kiper chorakfinal bahsi oldidan fikr bildirdi.
Kurtua: "Ispaniyani mag'lub etishimizga ishonishimiz va buni maydonga isbotlashimiz kerak"
Фото: Getty Images
10.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya - : - Belgiya Belgiya

Belgiya milliy jamoasi darvozaboni Thibaut Kurtua Ispaniyaga qarshi jahon chempionati chorakfinali oldidan fikr bildirdi.

«Chorakfinalga chiqqanimizdan juda xursandmiz. Bu yuqori saviyadagi o'yin bo'ladi. Bu mamlakatimiz uchun juda muhim natija hisoblanadi. Endi 2018 yildagi «oltin avlod» emasmiz. Ammo bizda hamon yaxshi va kuchli jamoa bor. Buni Senegal va AQShga qarshi bahslarda namoyish etdik.

Ispaniya mening ikkinchi uyim. O'zimni yarim ispan deb aytolmayman, lekin bunga juda yaqinman. Yaxshi o'yin bo'ladi va bundan zavq olaman. Hammnasi biz uchun yaxshi yakun topishini istayman. Himoyada ishonchli o'ynashimiz va hujumda esa juda xavfli bo'lishimiz kerak. Endi ularni mag'lub eta olishimizga ishonishimiz va buni maydonda isbotlashimiz zarur», — deya Kurtuaning so'zlaridan keltiradi FIFA rasmiy sayti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Belgiya Belgiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

30+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar