Portugaliya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Rikardu Kuarejma JCH-2026 1/8 finalida Ispaniyaga (0:1) uchralgan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
«Murabbiyga hurmatsizlik qilish kerak emas, ammo futbolchining ham o'z xarakteri bo'lishi lozim. Men ko'p marta maydonda vaziyat talab qilgan ishni qilganman. Bu ayrim murabbiylarga yoqmagan va buning uchun jazolanganman. Ammo o'yin shuni talab qilardi.
Hozirgi futbolchilar ham tashabbusni o'z qo'liga olishi kerak. Xato qilsa ham, bundan qo'rqmasligi lozim. Ular nimadan qo'rqmoqda? Milliy jamoa nima to'g'ri, nima noto'g'ri ekanini anglab, shunga mos murabbiy tanlashi kerak.
Murabbiy sizni bir hafta davomida chap qanotda o'ynashga tayyorlashi mumkin. Ammo o'yin davomida vaziyat o'ng qanotga o'tishni talab qilsa, nima qilasiz? Murabbiydan ko'rsatma kutib turasizmi? Eng yuqori saviyada o'ynayotgan futbolchilar bunday vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qila olishi kerak.
Bizda juda iste'dodli yarimhimoyachilar bor, ammo ular ushbu Jahon chempionatida juda sust o'ynadi. Hujum ham, himoya ham yaxshi ishlamadi. Shuning uchun barcha aybni faqat Roberto Martinesga yuklay olmayman. Futbolchilar ham o'z darajasini ko'rsata olishmadi», — deya Kuarejmaning so'zlarini A Bola nashri keltirdi.