Bugun
14
O'zbek

Messi Vozinyaga uni "Inter Mayami" safida ko'rishdan mamnun bo'lishini bildirgan — manba

Futbol
6 iyul, 23:40
Kabo-Verde posboni va Argentina sardori o'rtasidagi o'yindan keyingi suhbat mazmuni ma'lum bo'ldi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Messi Vozinyaga uni "Inter Mayami" safida ko'rishdan mamnun bo'lishini bildirgan — manba
Foto: Getty Images

Kabo-Verde milliy jamoasi darvozaboni Vozinya va Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messi o'rtasidagi o'yindan keyingi suhbat mazmuni ma'lum bo'ldi.

Qayd etilishicha, Messi Vozinyaga uni "Inter Mayami" safida ko'rishdan mamnun bo'lishini bildirgan. Bu haqda "Milan" sobiq yarimhimoyachisi Rodni Strasser ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma'lumot berdi.

Uning so'zlariga ko'ra, turnir boshlanishidan oldin Vozinya Rodnidan o'ziga yangi klub topishda yordam berishini so'ragan. Strasser esa unga bu haqda o'ylamaslikni, e'tiborini faqat jahon chempionatiga qaratishni maslahat bergan.

Ta'kidlanishicha, Strasser Vozinyani ushbu jahon chempionatining eng yaxshi darvozaboni deb hisoblaydi. Avvalroq Vozinya darvozabonlar orasida obunachilar soni bo'yicha tarixiy rekord o'rnatgani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Miami CF Inter Miami CF
Bugungi yangiliklar