Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2026 yildagi jahon chempionati 1/8 final bosqichi doirasidagi Ispaniyaga qarshi bahs (0:1)dan so‘ng jamoada o‘z ahamiyati haqida fikr bildirdi.
"Men bor kuchimni sarfladim. Portugaliya uchun 3 ta sovrin yutib berdim, mengacha esa Portugaliyada birorta ham sovrin yo‘q edi.
Yevro-2016 dagi kubok — milliy jamoa qo‘lga kiritgan eng muhim sovrin. Rostini aytsam, men uchun uning ahamiyati jahon chempionatini yutish bilan teng.
Vijdonim pok holda jamoadan ketayapman. Bor imkoniyatimni ishga soldim. Ertaga yangi kun. Hayot davom etadi", — dedi Ronaldu.