Bugun
14
O'zbek

De la Fuente: "Ronaldu — yoshlar uchun haqiqiy namuna"

Futbol
6 iyul, 21:30
Ispaniya bosh murabbiyi Portugaliyaga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
De la Fuente: "Ronaldu — yoshlar uchun haqiqiy namuna"
Foto: Getty Images
06.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya 0 : 1 Ispaniya Ispaniya

Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente 2026 yilgi jahon chempionati 1/8 final bosqichi doirasidagi Portugaliyaga qarshi bahs (1:0)dan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Merinoning zaxiradan maydonga tushishi haqida

«Mikelga har doim ishonish mumkin. U bizga Yevropa chempionligini olib bergan va eng muhim pallalarda doimo jamoa yonida bo'ladi. U o'z pozitsiyasida dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri.

Bizning zaxira o'rindig'imizda shunday futbolchilar borki, ular istalgan boshqa milliy jamoada asosiy tarkibda o'ynagan bo'lardi.

Men qarorlarni doimo jamoa uchun eng yaxshi variantdan kelib chiqib qabul qilaman. Hech qachon tavakkalchilikka moyil bo'lmaganman. Mikel ajoyib o'yin ko'rsatmoqda va doimo kerakli joyda bo'ladi».

Uchrashuv oldidan Ronaldu bilan quchoqlashgani haqida

«Biz vaqti-vaqti bilan muloqot qilib turamiz. Men uning qadriyatlari, o'zi ustun bo'lgan fazilatlari va sportga bo'lgan munosabatiga qoyil qolaman.

Menimcha, Ronaldu — yoshlar uchun haqiqiy namuna. Birga bo'lish imkoniyati tug'ilganda, bir-birimizga bo'lgan hurmat va hayratimizni izhor qilamiz».

Chorakfinaldagi raqib haqida

«Biz avvalo chorakfinalga chiqqanimizni nishonlayapmiz. Keyin esa bizga kim qarshi chiqsa, o'sha jamoa bilan o'ynaymiz.

Uchrashuvni intiqlik bilan kutamiz va o'z kuchimizga ishonamiz. Bizda musobaqa mezbonlariga qarshi o'ynash tajribasi bor.

Masalan, Yevropa chempionatida Germaniyaga qarshi bahs olib borganmiz», — dedi de la Fuente.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar