Jahon chempionatida 1/8 final bahslari davom etmoqda.
Navbatdagi o'yinlarning birida AQSh va Belgiya o'zaro to'qnash keldi. Unda yevropaliklar yirik 4:1 hisobida zafar quchdi.
Belgiya safida de Ketelare (dubl), Vanaken va Lukaku gollarga mualliflik qildi. Mezbonlarning yagona goli esa Tillman nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, Belgiya chorakfinalda Portugaliyani musobaqadan chiqarib yuborgan Ispaniya bilan kuch sinashadi.
JCH-2026. 1/8 final
AQSh — Belgiya 1:4
7 iyul, Sietl.
Gollar: Tillman 31 — De Ketelare 9, 33 (dubl), Vanaken 57, Lukaku 90+3.
AQSh — Friz, Dest (Reyna 46), Richards, Robinson (Arfsten 90+2), Rim, Frimen, Adams (Pepi 72), Makkenni, Tillman, Pulishich (Berhalter 59), Balogun (Wright 90+2).
Belgiya — Kurtua, Mehele, De Kuyper, Kastan, Ngoy, Tilemans, Raskin (Vitsel 89), Onana (Vanaken 21), Trossar (Salemakers 89), Lukebakio (Doku 67), De Ketelare (Lukaku 67).
Ogohlantirishlar: Makkenni 35, Tillman 69.