Ispaniyalik mutaxassis Roberto Martines Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan ketishini e'lon qildi.
«Bu qaror jahon chempionatidan oldin qabul qilinganmidimi? Yo'q, u yakuniy tasdiqlangan deb o'ylamayman. Men Portugaliyaga jahon chempionatida g'olib bo'lish uchun kelganman va g'alabasiz davom etishning ma'nosi yo'q deb o'ylayman. Endi direktorlar kengashi va prezidentda yangi murabbiy tanlash imkoniyati bor. Prezident har doim ishni qo'llab-quvvatlagan, ammo shartnomam bugun tugaydi. Boshqa aytadigan gapim yo'q», — deya Martinesning so'zlaridan iqtibos keltiradi Record.
Eslatib o'tamiz, Portugaliya nimchorak finalda Ispaniyaga yutqazib, turnirni tark etdi.